AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda neft va gaz umumiy zahirasi 2,4 mlrd. tonna yonilg`ini tashkil qiladi

'O`zbekistonda neft va gaz umumiy zahirasi 2,4 mlrd. tonna yonilg`ini tashkil qiladi'ning rasmi

Bugungi kunda Respublikamiz bo`yicha jami 275 ta neft va gaz konlari ochilgan bo`lib, ularning umumiy zaxirasi 2,4 mlrd. tonna shartli yonilg`ini tashkil qiladi, deya xabar beradi "O`zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati.

Respublikada uglevorod xom ashyo bazasi barqarorligini ta`minlash, qazib olinayotgan neft va gaz mahsulotlari o`rnini to`ldirish maqsadida, respublikaning Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Farg`ona neft-gazli hududlarida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3372 qarori doirasida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlar natijasida, 2017-2018 yillar hamda joriy yilning 9 oyi mobaynida 16 ta neft va gaz konlari ochildi va er osti uglevodorod zaxiralari 171 mln.tonna shartli yonilg`i hajmida o`stirildi.

Ma`lumot uchun: 16ta kondan to`rttasi Ustyurt regionida (Beshqala, Quyi Surgil, Kushkair, Oraliq), 2tasi Farg`ona regionida (Uchtepa, Chakar), 10tasi Buxoro-Xiva regionida (Topichaksoy, Marvarid, Shortak, Chordarbaza, To`maris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Yormoq, Do`ltatepa, Shorkum).

Joriy yil yakuni bilan er osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln.tonna shartli yonilg`i hajmida o`stirish rejalashtirgan, bu borada bugungi kunda geologiya qidiruv ishlari Ustyurt regionining markaziy qismida (Apomish, Ultan, Arslon va b.q), Buxoro-Xiva regionining g`arbiy qismida (To`maris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Sharqiy Xatar va b.sh), Farg`ona regionining janubiy qismida (Uchtepa, Chakar, Quyi Qashqarqir va b.sh) jadal ravishda olib borilmoqda.

O`tgan 9 oy mobaynida 5ta yangi kon ochildi (Kushkair, Oraliq, Chakar, Do`ltatepa, Shortak) va er osti uglevodorod zaxiralari 31 mln.tonna shartli yonilg`i hajmida o`stirildi.

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar