AsosiyJamiyat

Odamlarni 645 millionga “uxlatgan” “Hokimning onasi” qo`lga tushdi

'Odamlarni 645 millionga “uxlatgan” “Hokimning onasi” qo`lga tushdi'ning rasmi

 

Qoraqalpog`iston Respublikasining Xo`jayli tumanida o`zini “hokimning onasiman, hokimning opasiman” deb odamlarni 645 million so`mga “uxlatgan” ayol qo`lga olindi, Bu haqda Xo`jayli tumani hokimligi axborot xizmati ma`lum qilgan.

  M.T. ismli fuqaroning Xo`jayli tumani hududida firibgarlik jinoyatlarini sodir etib yurganligi haqida ma`lumot berilgan va Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan tezkor ishlar natijasida shubha ostiga olingan holatlar o`z tasdig`ini topgan.

Keltirilishicha, M.T. muqaddam 5 marotaba firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, sudlanganiga qaramay, 2018 yil dekabridan 2019 yil avgustiga qadar fuqaro S.J. bilan tanishib, o`zini “Xo`jayli tumani hokimining opasiman, barcha muammolaringizni o`zim hal qilaman, er olib beraman hamda Nukus shahri Markaziy bozoridagi buzilgan 9 ta do`koningizning pullarini undirib beraman” deb aldov yo`li bilan ishonchiga kirib, uning jami 645 million so`m naqd pulini qo`lga kiritgan va shu kunga qadar qaytarib bermay, chuv tushirgan.

M.T. mobil telefoni orqali o`z ovozini o`zgartirib gaplashgan. Ya`ni “men hokimning onasiman, hokimning opasiman” degan hiyla-nayranglari bilan odamlarni aldagan.

Hozirgi vaqtda Xo`jayli tumani IIB tergovchilari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik yo`li bilan juda ko`p miqdorda zarar etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, M.T. tegishli tartibda qamoqqa olingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar