13 noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Respublikaning ayrim hududlarida elekt energiyasi vaqtincha uziladi, deya xabar beradi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati. Xususan,
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 8-mavze hududiga qarashli 10 kV 961-sonli transformator punktida mukammal ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, 42, 43, 44, 45, 46, 48, 49, 50, 51-sonli ko`p qavatli aholi yashash uylarida;
Toshkent viloyati Qibray Tumanining “Gulbog`”, “Amir Temur”, “Chingeldi”, “Toshisti”, “Do`stlik”, “Jarboshi”, “To`lqintepa” MFY hududlari elektr ta`minotini ta`minlovchi “Tuzel” podstansiyasida joriy ta`mirlash ishlari olib borilishi sababliushbu aholi xonadonlarida soat 08:00 dan soat 18:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo`ladi.
Chortok tumanidagi 35/10 kVli “Alixon-2” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Chortoq tumanining “Dexqonobod”, “Arbag`ish”, MFYlari Yangiqo`rg`on tumaning “Yangiobod” MFY hududlaridagi iste`molchilarga;
Kosonsoy tumanidagi 35/10 kVli “Kosonsoy” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Kosonsoy tumanining “M.Azam”, “Majnuntol”, “Gulbog`” va “Chust ko`cha” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.
Andijon viloyatining ayrim hududlarida ertaga ya`ni 2019 yil 13 noyabr kuni 110/6 kV kuchlanishli “Baxt” podstansiyasida mukammal ta`mirlanish ishlari olib borilishi sababli, Andijon shahri hamda Oltinko`l tumanidagi “Jalabek”, “Uyg`ur”, “Mehnat”, “Safoiy” mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi aholi xonadonlarida;
Shuningdek, 35 kV kuchlanishli “L-Navoiy” havo elektr uzatish tarmog`ida mukammal ta`mirlanish ishlari olib borilishi sababli 35/10 kV kuchlanishli “Ozod”, “Mexnatobod”, “Niyoz-botir” podstansiyasidan ta`minlanuvchi Asaka tumanidagi “Yuqori Bo`z”, “Mehnatobod”, “Bo`zariq”, “Marqa yuz” mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.