1

Zomin sihatgohiga keluvchilar uchun yana bir qulayik yaratiladi

Jamiyat 17.11.2019, 23:10
Zomin sihatgohiga keluvchilar uchun yana bir qulayik yaratiladi

Ayni paytda Zomin dam olish sihatgohiga kelayotgan sayyohlar hamda tuman aholisiga qo`shimcha qulayliklar yaratish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Shu maqsadda avtotransport xizmati ko`rsatish sifatini yaxshilash maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Transport va  logistikani rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Zomin tumani, Qo`rg`on mahallasida jamoat transporti uchun oxirgi to`xtash bekati barpo etish ishlari boshlab yuborildi, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati.

Bugungi kunda tuman hokimining qaroriga asosan mazkur to`xtash bekatining qurilishi uchun 30 sotix er maydoni ajratilgan. Shu jumladan ushbu ob`ektni barpo etish bo`yicha loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1