Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida ko`ngilsiz hodisa ro`y berdi. Achinarlisi, voqea ishtirokchilari bir-biriga begona emas: biri tog`a, ikkinchisi uning jiyani.
Shaharning Chankatlik ko`chasi 43-uyda yashovchi B. N. va uning jiyani, R.J. o`rtasida janjal kelib chiqdi. Janjal paytida jahlini jilovlay olmagan tog`a jiyanining ko`kragiga pichoq bilan urib, jarohat etkazdi.
Jarohatlangan R.J. shifoxonaga yotqizildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.