AsosiyJamiyat

Noto`g`ri ma`lumot bergani uchun jurnalistni sudga berishdi

'Noto`g`ri ma`lumot bergani uchun jurnalistni sudga berishdi'ning rasmi

Joriy yilning 26 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi saytlarda Chiroqchi tumanidagi 101-umumiy o`rta ta`lim maktabi faoliyatiga doir “O`quvchilar chet elga chiqib ketgan maktab, “o`lik jon”larga maosh ajratayotgan ta`lim va talan-taroj qilinayotgan davlat byudjeti” mavzusida yoritilgan material joylashtirilgan edi. 

Viloyat xalq ta`limi boshqarmasi xabariga ko`ra,  101-umumiy o`rta ta`lim maktabi faoliyatiga doir keltirilgan dalillarni viloyat xalq ta`limi boshqarmasi, Chiroqchi tuman prokuraturasi, Shahrisabz shahar prokuraturasining topshirig`iga asosan Shahrisabz shahar moliya bo`limi tomonidan o`rganilgan bo`lib, o`z isbotini topmaganligi aniqlandi.

Ushbu yoritilgan material yuzasidan va jurnalist M.Ismoilovaning noto`g`ri ma`lumot chiqarganligidan norozi bo`lib, 101-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori X.Primov Chiroqchi tuman prokuraturasi  va fuqarolik ishlari bo`yicha sudga murojaat qilgan. 

    Boshqa yangiliklar