Xalqaro press klubni navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etish bo`yicha o`zining yangicha taklifini bildirdi.

"Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin o`zining hududidagi inspektordan ro`yxatdan o`tishi maqsadga muvofiq. Shunday tizim joriy etilsa, Toshkentda muammolarga uchrashining oldi olinadi", — degan Ekopartiya a`zosi.
Buni bloger va huquqshunos Xushnud Xudoyberdiev “shedevr taklif” deya baholab, unga javoban munosabatini bildirdi:
“Menda ham ayrim takliflar bor:
* Toshkent uchun alohida tillarang pasport joriy qilish kerak. Viloyatliklarga esa pasport rangi qora bo`lsin;
*Toshkent atrofini devorlar bilan o`rash kerak. Masalan, AQSh Meksikadan keladigan migrant qochoqlardan himoyalanish uchun shunaqa qilmoqchiku;
*O`zbekiston Konstitusiyasiga “Toshkent Respublikasi” degan yangi 18-bob kiritish kerak;
* Toshkentda yashayotgan doimiy propiskasi yo`q shaxslarga Toshkent Respublikasidan chiqib ketish uchun 1 oy muhlat berish kerak. 1 oydan keyin chiqib ketmaganlarni ushlab, kelgan viloyatiga deport qilish kerak;
* Toshkentda oyiga 2,5 mln so`mdan kam daromad topadiganlarni aniqlab, ularni propiskasidan mahrum qilish kerak. Toshkentda faqat boylar yashay oladi, deya belgilash kerak;
*Toshkent hamda viloyatlar o`rtasida kelinlikka qiz olib, qiz berishni taqiqlash kerak.
Sizda yana qanday takliflar bor? Izohlarda kutib qolaman” , — deydi bloger.
Ma`lumot uchun: Ayni paytda Ekopartiya a`zosining mazkur taklifiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va boshqa blogerlar tomonidan ham ko`plab munosabatlar bildirilmoqda.






