1

Aprel oyi pensiya va nafaqa pullari fuqarolarning uylariga etkaziladi

Iqtisodiyot 29.03.2020, 23:14
Teglar: pensiya, fuqarolar
Aprel oyi pensiya va nafaqa pullari fuqarolarning uylariga etkaziladi

Bugungi kunda Samarqand viloyatida 320 mingdan ko`proq fuqaro pensiya va nafaqa puli oladi. Shu paytgacha bu pullar Xalq banki sayyor kassalari tomonidan etkazib berilar edi. Shuningdek joriy yilning mart oyida 57 ming 461 nafar fuqaro pensiya pulini bank plastik karta orqali olgan.

– Respublikamizga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan boshqa fuqarolar bilan muloqotlarni kamaytirish hamda uyda qolish tavsiya etilmoqda, — deydi byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Samarqand viloyat boshqarmasi bo`lim boshlig`i Abdurashid Rahimov. — Pensiya va nafaqa oluvchilarning asosiy qismini keksa yoshdagi fuqarolar tashkil etishi hamda amaldagi tartib bo`yicha to`lovlar mahalla binolarida fuqarolarni to`plagan holda amalga oshirilishini inobatga olib, Xalq banki boshqaruviga takliflar kiritildi. Unga ko`ra, aprel oyi pensiya pullari fuqarolarning yashash manziliga etkazib beriladi. Pensiya va nafaqa to`lovi uchun ajratilayotgan mablag`lar dezinfeksiya qilingan holda fuqarolarga etkazish tizimi joriy etiladi.

Viloyatda mart oyida 80 mingdan ortiq fuqaroga pensiya pullari uylariga etkazib berilgan. Aprel oyi pensiya va nafaqa pullari fuqarolarning uylariga etkazilganda, bank plastik kartalarini ochish hamda kelgusi oydan naqd pulsiz shaklda pensiya olish istagini bildirgan fuqarolarning arizalarini bevosita shu erda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish ham rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1