Davlat statistika qo`mitasi xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko`ra 34,03 mln kishini tashkil etdi.
Yil boshiga qiyoslanadigan bo`lsa, doimiy yashovchi aholi soni 131,6 ming kishiga yoki 0,4 foizga o`sgan.
Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, 2020 yil 1 aprel holatiga ko`ra hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo`yicha eng ko`p ko`rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni tashkil etib, keyingi o`rinlarda Farg`ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan.
Dastlabki ma`lumotlarga asosan, 2020 yil 1 aprel holatiga ko`ra respublika doimiy aholisi sonining 30,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to`g`ri kelmoqda.