AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda birinchi chorakda gaz eksporti hajmi 30 foiz kamaydi

'O`zbekistonda birinchi chorakda gaz eksporti hajmi 30 foiz kamaydi'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha,  2020 yilning I choragida joriy qilingan karantin chora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb etib, transchegaraviy pul o`tkazmalarining umumiy hajmiga salbiy ta`siri bo`yicha xatarlar ro`yobga chiqmadi va 2019 yilning mos davriga nisbatan o`sish trendini saqlab qolgan. Bu haqda manbalar asosida xs.uz xabar berdi.

Bundan tashqari, oltin narxining jahon bozoridagi pozitiv dinamikasi eksport hajmi qisqarishini qisman qoplash imkoniyatini yaratgan.

2020 yilning I choragida tovarlar bo`yicha tashqi savdo aylanmasi 7,0 mlrd. dollarni tashkil etdi (2019 yilning I choragida 7,8 mlrd. doll.).  

Shundan eksport hajmi 2,7 mlrd. dollar va import hajmi 4,3 mlrd. dollarga teng. Shu munosabat bilan, savdo balansining defisiti 1,6 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Tovarlar eksporti hajmi 2019 yilning I choragiga nisbatan 11 foiz kamaygan.  

Oltin va gazning eksportdagi ulushi mos ravishda 37 foizni hamda 9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, 2019 yilning I choragiga nisbatan gaz eksporti hajmida 30 foizga kamayish kuzatilgan.

2020 yilning I choragida tovarlar eksportining hajmi o`tgan yilga nisbatan 6 foizga kamaygan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar