Oltin va gazning eksportdagi ulushi 46 foizni tashkil qildi

Iqtisodiyot 20.06.2020, 09:21
Oltin va gazning eksportdagi ulushi 46 foizni tashkil qildi

2020 yilning I choragida joriy qilingan karantin chora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb etib, transchegaraviy pul o`tkazmalarining umumiy hajmiga salbiy ta`siri bo`yicha xatarlar ro`yobga chiqmadi va 2019 yilning mos davriga nisbatan o`sish trendini saqlab qoldi. Bundan tashqari, oltin narxining jahon bozoridagi pozitiv dinamikasi eksport hajmi qisqarishini qisman qoplash imkoniyatini yaratdi.

2020 yilning I choragida tovarlar bo`yicha tashqi savdo aylanmasi 7,0 mlrd. dollarni tashkil etdi (2019 yilning I choragida 7,8 mlrd. doll.). Shundan eksport hajmi 2,7 mlrd. dollar va import hajmi 4,3 mlrd. dollarga teng. Shu munosabat bilan, savdo balansining defisiti 1,6 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Tovarlar eksporti hajmi 2019 yilning I choragiga nisbatan 11 foizga kamaydi. Oltin va gazning eksportdagi ulushi mos ravishda 37 foizni hamda 9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, 2019 yilning I choragiga nisbatan gaz eksporti hajmida 30 foizga kamayish kuzatildi.

2020 yilning I choragida tovarlar eksportining hajmi o`tgan yilga nisbatan 6 foizga kamaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1