my5
Sevimli

Nega 1 stavkaga o`tkazishmaydi?

Savol-javob 17.12.2015, 16:08
 Nega 1 stavkaga o`tkazishmaydi?

"Maktabimizda 7-9 soat bilan ishlayotganlar anchagina. Ammo ko`pchilik oilaviy sharoit sababli bir stavka ishlashni xohlashadi. Maktab ma`muriyati esa “biz xodimlarni eng kam ish haqi darajasida ta`minlasak bo`ldi” deyishadi. Shu to`g`rimi? Shtatdagi xodimlarni bir stavka bilan ta`minlamasdan turib, boshqa xodim ishga olinaveradimi?"

Sanobar Karimova, Xorazm viloyati

Hazorasp tumani

E.Iskandarov, Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko`ra ta`lim muassasalarida ushbu muassasa rahbari ish beruvchi hisoblanib, pedagoglar o`rtasidagi dars taqsimotini ta`minlash uning lavozim majburiyatidir.

Umumta`lim maktablarida o`qituvchilarga ajratiladigan dars soatlari ushbu muassasaning tegishli fan metodik birlashmasi va pedagogika kengashi qarori asosida ma`muriyat buyrug`i bilan belgilanadi.

Shuningdek, qonunchilikda umumta`lim maktablaridagi pedagoglar uchun ajratiladigan darslarning eng kam soati belgilanmagan.

Шарҳлар