AsosiySavol-javob

Koronavirus aniqlangan, lekin alomatlari bo`lmagani uchun odamlar bilan erkin muloqotda bo`lishi mumkinmi?

'Koronavirus aniqlangan, lekin alomatlari  bo`lmagani uchun odamlar bilan erkin muloqotda bo`lishi mumkinmi?'ning rasmi

O`rtog`im test topshirgan edi, unda koronavirus aniqlandi. Lekin hech qanday alomatlar yo`q deb odamlar bilan erkin muloqotda bo`lib yuribdi. Testda xatolik bo`lishi mumkinmi?  

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva quyidagicha javob berdi:  

-- SOVID-19ning asosiy yuqish yo`li — havo-tomchi bo`lib, yo`tal, tana haroratining ortishi, yoki holsizlik ko`rinishidagi belgilar kuzatilayotgan inson nafas yo`lidan tomchi ko`rinishida ajraladi.  

Ko`pgina bemorlarda kasallik sezilarsiz kechadi, ayniqsa kasallikning erta bosqichlarida. Virus kasallikning boshqa belgilari kuzatilmay turib, faqat kam miqdorda yo`tal kuzatilgan bemorlardan ham yuqishi mumkin. Bu qanchalik tez kuzatilishi hozircha noma`lum.  

JSST bu yo`nalishda izlanishlarini davom ettirmoqda, aniq natijalar shakllangandan so`ng tavsiyanomalarda o`z xulosalarini keltiradi. Shuning uchun, koronavirus belgilarsiz kechayotgan insonlarga niqob taqish va epidemiologik tartibga rioya qilish tavsiya qilinadi.  

 

    Boshqa yangiliklar