my5
Sevimli

Ko`mirlar sifatli bo`lsa, nega joylarga etkazilganda sifati o`zgarib qolyapti?

Savol-javob 31.10.2020, 15:41
Теглар: Ko`mir, O`zbekko`mir
Ko`mirlar sifatli bo`lsa, nega joylarga etkazilganda sifati o`zgarib qolyapti?

Mazkur savolga "O`zbekko`mir" AJ bosh geologi Erkin Jo`raev javob berdi.

Angren ko`mir koniga tegishli bo`lgan qo`ng`ir ko`miri qattiqlik darajasi bo`yicha 4-shkalada, bu judayam yumshoq. Biz ko`mir konidan yuklangan mahsulotni ko`mir jamlanmasiga eltamiz, u erdan laboratoriyadan o`tkaziladi va shu tariqa har bir vagondagi mahsulotga sifat sertifikati beriladi. 

Ko`mirning sifati yaxshi. Sifatsiz deyilayotgan ko`mir bu — maydalangan ko`mir. Uni laboratoriyada tekshirsangiz sifatli bo`lib chiqadi. Ko`mir iste`molchining qo`liga etib borgunicha bir necha bosqichdan o`tgani bois maydalanib ketyapti va sifatsiz ko`rinishga kelyapti. 

Masalasining echimi yo`qmi? 

 Birdan-bir yo`li — joylarga etkazilgan ko`mirdan sifatli briket ishlab chiqarilib, etkazilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

 

Шарҳлар

Qashqadaryoda ko`mirning asosiy narxi qanchani tashkil etadi?

03.11.2020, 15:21

«O`zbekko`mir» AJ byudjet tashkilotlarini 2020/2021 yilllar kuz-qish mavsumi uchun ko`mir mahsulotlari bilan ta`minlash rejasini muddatidan oldin bajardi. “Ko`mir ta`minot” MChJ  Qashqadaryo filiali tomonidan ijtimoiy soha...
Navoiy viloyatida ko`mir o`g`rilari Transportda XTB xodimlari tomonidan aniqlanib ushlandi

31.10.2020, 21:58

29 oktyabr kuni Navoiy viloyati IIB Transportda XTB HPBdan ma`lumot kelib tushdi. Unda, Navoiy viloyati IIB Transportda XTB HPB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida 1985...