my5
Sevimli

Oilasida zo`rovonlikka uchragan ayolga Himoya orderi qancha muddatga beriladi va bu muddatni yana cho`zdirish mumkinmi?

Savol-javob 04.11.2020, 17:08
Oilasida zo`rovonlikka uchragan ayolga Himoya orderi qancha muddatga beriladi va bu muddatni yana cho`zdirish mumkinmi?

AOKAda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzaeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda ushbu savolga quyidagicha javob berildi:

" -- Vazirlar Mahkamasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2020 yil 4 yanvardagi qaroriga asosan, himoya orderi — o`ttiz kun muddatgacha beriladi va ushbu order rasmiylashtirilgan vaqtdan e`tiboran kuchga kiradi.

 Oiladagi jabrlangan ayolning xavfsizligini ta`minlash zarurati vujudga kelgan, himoya orderi amal qilishi davrida xavf bartaraf etilmagan bo`lsa, himoya orderining amal qilish muddati jabrlanuvchining arizasiga ko`ra ko`pi bilan o`ttiz kungacha uzaytirilishi mumkin.

️ Buning uchun hudud profilaktika inspektori besh ish kuni mobaynida jabrlanuvchining arizasiga ko`ra mavjud xavf bartaraf etilgan yoki etilmaganini o`rganadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi boshlig`i ikki ish kuni mobaynida tegishli hujjatlarga asosan himoya orderining amal qilish muddatini uzaytiradi yoki uzaytirishni rad etish to`g`risida asoslangan qaror qabul qiladi.

️Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan davrda zo`ravonlik sodir etgan shaxslarga qonun doirasida qo`shimcha cheklov yoki profilaktik chora-tadbirlar belgilanishi mumkin," - dedi Saodat Boymirzaeva.

Шарҳлар