my5
Sevimli

Murojaatchi harbiy xizmatga chaqirilganda sud ishni ko`rishni to`xtatib turishi mumkinmi?

Savol-javob 21.04.2021, 21:18
Murojaatchi harbiy xizmatga chaqirilganda sud ishni ko`rishni to`xtatib turishi mumkinmi?

"Darakchi" tahririyatiga quyidagicha murojaat kelib tushdi:

—  Hozirda tumanlararo ma`muriy sudida Majburiy ijro byurosi tuman bo`limi qaroriga nisbatan shikoyatim ko`rib chiqilmoqda. Tuman mudofaa bo`limi tomonidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilmoqdaman. Sud ishni ko`rishni to`xtatib turishi mumkinmi?

Fuqaroning murojaatiga javob olish maqsadida Toshkent tumanlararo ma`muriy sudi sudyasi Ma`rufjon Ergashev bilan bog`landik...

—  Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to`xtatib turishi shart:

1. Mazkur ishni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo`yicha sud, jinoyat ishlari bo`yicha sud, ma`muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko`rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qiling uniga qadar ko`rish mumkin bo`lmaganda;

2. Ishda ishtirok etuvchi shaxs bo`lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo`l qo`ysa;

3. Ishda ishtirok etuvchi shaxs bo`lgan fuqaro muomala layoqatini yo`qotganda.

Shuningdek, sud quyidagi hollarda ish yuritishni to`xtatib turishga haqli:

1. Sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;

2. Ishda ishtirok etuvchi shaxs bo`lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;

3. Arizachi bo`lgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda.

Ish yuritishni to`xtatib turishga sabab bo`lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish tiklanadi.

Sizning holatingizda sud ishning holati va mazmunidan kelib chiqib, harbiy xizmatni o`tab kelguningizga qadar ish yuritishni to`xtatib turishga haqli.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Шарҳлар