AsosiySavol-javob

Propiskada bor, lekin yashamaydiganlar uchun ham kommunal to`lov to`lanadimi?

“Aslida ro`yxatda bor-u, lekin yashaymaydigan iste`molchi uchun hisob-kitob qilinadimi?”

Sh. Salimov, Toshkent shahri

Mazkur savol bilan “Suvsoz” davlat unitar korxonasiga murojaat qildik. 

Sh.Egamberdiev, “Suvsoz” DUK boshqaruvchisining o`rinbosari: 

— Sovuq suv va oqava suv xizmatlari uchun hisob-kitob ro`yxatda turgan xonadon a`zolari uchun qilinadi. Ro`yxatga turgan xonadon a`zolaridan birortasi vaqtinchalik xonadondan tashqariga chiqqan taqdirda, o`zlari yashab turgan suv taqsimot bo`limiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari kerak:

Iste`molchilarning arizasi;

Forma №17 pasportiskadan imzo va muxr bilan;

Hujjatlar: iste`molchining bileti, vizasi va boshqalar;

Qo`shnilar bilan tuzilgan va mahalla tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.

    Boshqa yangiliklar