AsosiySavol-javob

Kimlar daromad solig`i deklarasiyasini to`ldirmaydi?

Men doimiy ish joyimdan tashqari boshqa tashkilotlarda ham shartnoma asosida ishlayman. Qo`shimcha ish joylarimdan har doim eng yuqori miqdorda daromad solig`i ushlab qolishga roziligim haqida ariza yozib, hujjatlarimni rasmiylashtirganman. Shunday holatda ham har yili soliq idoralariga deklarasiya topshirishim shartmi?

Elmira Tagaeva, Toshkent shahri

Odilxon RUSTAMOV, Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari:

—  O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasiga muvofiq, agar soliq to`lovchining asosiy bo`lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i uning arizasiga ko`ra belgilangan eng yuqori stavka qo`llanilgan holda ushlab qolingan bo`lsa, daromadlar to`g`risidagi deklarasiya taqdim etilmaydi. Ammo ushbu modda birinchi qismining oltinchi va ettinchi xatboshlarida ko`rsatilgan daromadlar bundan mustasno.

    Boshqa yangiliklar