Sevimli

​“SIRTQI BO`LIMDA O`QIMOQChI EDIM”

Savol-javob 17.07.2017, 14:04
​“SIRTQI BO`LIMDA O`QIMOQChI EDIM”

"Sirtqi bo`limlar haqida ma`lumot olmaqchi edim. Qaysi oliygohlarning, qaysi fakultetlarida sirtqi bo`limlar ochilgan? Ularda o`qish uchun yosh chegaralanganmi?"

Mansur Turopov, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.

M.INOYaTOV, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi qaroriga muvofiq, oliy ta`lim muassasalarining sirtqi bo`limlariga o`qitishning samarasiz shakli sifatida talabalar qabuli to`xtatilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi "2017/2018 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risida"gi qaroriga muvofik, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Navoiy davlat konchilik instituta va Toshkent temir yo`l muxandislari institutlariga maxsus sirtqi bo`limiga qabul kvotalari belgilangan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi "Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to`g`risida"gi Nizomining 10-bandiga muvofik, oliy ta`lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo`limning ta`lim yo`nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta`lim yo`nalishiga muvofiq o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo`lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur Nizomga asosan oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda ularning yoshi bo`yicha cheklovlar mavjud emas.

Aniqlik kiritish maqsadida fuqaro M.Turopovdan oliy ta`lim muassasalarining maxsus sirtqi bo`limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Nizomning to`liq matni bilan www. lex.uz veb-sayta orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Шарҳлар