Ташкент +5° Sat 01:15
Долзарб мавзулар Foto

Tashkilotda ishlayotganiga 3 yildan oshgan xodim Toshkent shahrida uy-joy oldi-sotdi shartnomasini tuza oladimi?​

Бўлимлар: Savol-javob
Теглар:
Добавлено: 07.06.2018, 12:48

Toshkent shahrida 11-band bilan doimiy propiska qilingan shaxs notarius orqali uy-joy oldi-sotdi shartnomasini tuzishi uchun propiskaga kirganiga 3 yil to`lganligi to`g`risida ma`lumotnoma taqdim qilishi kerakmi yoki o`sha tashkilotda ishlayotganiga 3 yil to`lganligi haqida ma`lumotnoma so`raladimi? Ya`ni tashkilotda ishlayotganiga 3 yildan oshgan xodim propiskaga kirganiga hali 3 yil to`lmagan bo`lsa ham, uy-joy oldi-sotdi shartnomasini tuza oladimi?

Adliya vazirligining onlayn notarius mutaxassisi javob berdi:

— Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga asosan Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo`lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi.

Bunda agar sotib oluvchi tomon «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar — O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida»gi Qonun bilan tasdiqlangan Ro`yxatning 9 — 11-bandlari asosida doimiy propiska qilingan shaxs bo`lsa, notarius bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar sotib oluvchining davlat tashkilotining ma`lumotnomasi asosida uch yil davomida lavozimda bo`lganligini tekshiradi.

Demak, propiska qilinganiga uch yil to`lmagan, lekin tashkilotda ishlayotganiga uch yildan oshgan xodim ham Toshkent shahrida uy-joy olish uchun oldi-sotdi shartnomasini tuza oladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

15.10.2018, 15:38