Долзарб мавзулар Foto

Kadastr qilish uchun qancha pul to`lanadi?

Бўлимлар: Savol-javob
Теглар:
Добавлено: 21.06.2018, 16:49

Aksariyatimiz oldi-sotdi va boshqa sabablar tufayli kadastr ishini tayyorlash va ko`chmas mulk ob`ektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasiga to`qnash kelganmiz. Ushbu xizmatlar uchun aslida qancha pul to`lanishi kerak?

Mazkur xizmatlarning narxi Vazirlar Mahkamasining Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo`yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to`g`risidagi qarori bilan belgilab qo`yilgan.

Xususan unga ko`ra kadastr ishini tayyorlash va ko`chmas mulk ob`ektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo`yicha davlat xizmatlari narxlari quyidagicha belgilangan:

I. Ko`chmas mulk ob`ektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

  • Umumiy maydoni 100 kv.m.gacha bo`lgan ko`chmas mulk- 215 300 so`m
  • Umumiy maydoni 100 kv.m.dan 1000 kv.m.gacha bo`lgan ko`chmas mulk- ob`ektning 1 kv.m. uchun 43 060 so`m
  • Umumiy maydoni 1000 kv.m.dan 5000 kv.m.gacha bo`lgan ko`chmas mulk- 645 900 so`m
  • Umumiy maydoni 5000 kv.m.dan 15000 kv.m.gacha bo`lgan ko`chmas mulk- 1 291 800 so`m.
  • Umumiy maydoni 15000 kv.m.dan 50000 kv.m.gacha bo`lgan ko`chmas mulk- 2 153 000 so`m.
  • Umumiy maydoni 50000 kv.m.dan ortiq bo`lgan ko`chmas mulk- 3 014 200 so`m.

2.Ko`chmas mulk ob`ektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

  • Ko`p kvartirali uydagi kvartira- ob`ektning 1 kv.m. uchun 2 153 so`m;
  • Yakka tartibdagi turar joy- ob`ektning 1 kv.m. uchun 2 153 so`m,

3. Er uchastkalariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

  • Er uchastkasini ajratish bo`yicha ish mavjud bo`lganda yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan er uchastkasi- bepul
  • Er uchastkasini ajratish bo`yicha ish mavjud bo`lmaganda yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan er uchastkasi- 215 300 so`m
  • Dehqon xo`jaligini yuritish uchun ajratilgan er uchastkasi- 215 300 so`m
  • Noturar ob`ektlari qurish uchun ajratilgan er uchastkasi- 215 300 so`m
  • Qishloq xo`jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan er uchastkasi- 430 600 so`m

*narxlar 172 240 so`m miqdorida hisoblandi. O`rnatilgan eng kam oylik ish haqi o`zgarganida xizmatlarning narxi ham mutanosib ravishda o`zgaradi.

Bunda umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. Kadastr ishi yo`qolganda (yaroqsiz holga kelganda) uning nusxasi (dublikati)ni tayyorlashning narxi ko`chmas mulk ob`ekti ko`rsatkichlari o`zgartirilmasdan, xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi. Kadastr ishini yangilash zarurati yuzaga kelganda yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) ko`chmas mulk ob`ektlari xatlovdan o`tkaziladi.

Shu bilan quyidagi davlat xizmatlari BEPUL amalga oshiriladi:

  • ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish;
  • ko`chmas mulk ob`ektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish;
  • ipoteka va ipoteka shartnomalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish;
  • bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to`g`risida ma`lumotnomalar berish, jumladan begonalashtirilayotgan yoxud meros bo`yicha o`tayotgan bino va inshootlarning amaldagi tarkibini va holatini aniqlashtirish maqsadida ularni naturada o`rganish;
  • shaxsiy turar joy mavjudligi (yo`qligi) to`g`risida ma`lumotnomalar berish.
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA