42

Ijara shartnomasini qanday bekor qilsam bo`ladi?

Savol-javob 04.10.2019, 13:03
202
Ijara shartnomasini qanday bekor qilsam bo`ladi?

— O`zimga tegishli kvartirani ijaraga bergandim. Ijarachi bilan bir yil muddatga notarial tasdiqlangan ijara shartnomasi tuzganman. Ijarachi 2 oy yashagandan so`ng ijara haqini to`lamay uydan ketib qoldi. Ijara shartnomasi bo`yicha soliqlarni ham to`lashimga to`g`ri kelmoqda. Hozir yangi ijarachi bilan shartnoma tuzish uchun avval birinchi shartnomani bekor qilishim kerak ekan. Birinchi ijara shartnomasini bekor qilish uchun ijarachini topa olmayapman. Nima qilsam bo`ladi?

X. Sanginov, Toshkent shahri Mirobod tumani

Abdunosir IGAMBERDIEV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi:

— Amaldagi qonunchilikka ko`ra, ijarachi shartnomada belgilangan to`lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to`lamasa, ijara shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. Ijarachi ijara to`lovlarini to`lamagani sabab, ijaraga berilgan uy-joy joylashgan joydagi fuqarolik ishlari bo`yicha sudga ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish haqida da`vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Комментарии