42

"Kollejni tamomlaganga ish topildi, men oliy ma`lumotliman, axir..."

Savol-javob 04.10.2019, 13:52
236
"Kollejni tamomlaganga ish topildi, men oliy ma`lumotliman, axir..."

— 1988 yilda tug`ilganman. O`rta maktabni tu­ gatib, Toshkent davlat jismoniy tarbiya ins­ titutini tamomladim. O`zbekiston Qurolli Kuch­ lar safida xizmat qildim. 2012 yildan boshlab, Dehqonobod tuman ichki ishlar bo`limiga ariza ber­ dim. “Kutib turing, navbat kelsa chaqiramiz”, degan javob bilan kifoyalanishdi. 2018 yil dekabrda qay­ ta murojaat qildim, “Arizangiz berilgan kundan boshlab hisobga olinadi”, deyishdi. 2019 yil 19 mayda chaqirtirib, suhbat o`tkazdi va “Yoshingiz o`tibdi, endi qabul qilolmaymiz”, deya qaytarishdi. Qishlog`imizda bir yigit kollejni tamomlaganidan ish topildi. Nahotki ma`lumotim inobatga olinmadi?

Panji Ibragimov, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani

B.UMURZAKOV, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o`rinbosari:
— O`rganish natijalariga ko`ra, fuqaro P.Ibragimov hozirgi kunda Qamashi tumani 30-sonli maktabda jismo- niy tarbiya o`qituvchisi bo`lib ishlab kelmoqda. Shuningdek, P.Ibragimovga doimiy ro`yxatdan o`tgan manzili bo`yicha tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazi mutaxassislari to- monidan bo`sh (vakant) va zaxiralangan (kvota) ish o`rinlari bilan tanishtirildi va huquqiy maslahatlar berildi. Shu bilan birga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Milliy vakansiyalar bazasi ish.mehnat.uz dan bo`sh ish o`rinlari to`g`risidagi ma`lumotlar bilan tanishib borishi tushuntirildi.


Sadoqat ALLABERGANOVA

Комментарии