42

"Qaramog`imdagi nevaralarim uchun qanday imtiyozlar bor?"

Savol-javob 04.10.2019, 14:59
184
"Qaramog`imdagi nevaralarim uchun qanday imtiyozlar bor?"

— 2013 yilda qizim vafot etib, 2 nafar voyaga etmagan farzandlari mening qaramog`imda qoldi. Kuyovim boshqa oila qurib ketgan. O`zim II guruh nogironiman. Turmush o`rtog`im bir necha yillardan buyon bosh miya insulti bilan og`rib keladi. Nevaralarim uchun ijtimoiy yordam olishim mumkinmi? Qanday imtiyozlar mavjud?

Dilorom Rahmonova, Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani

Nodir TILLYaEV, Adliya vazirligi boshqarma boshlig`i:
— Oila kodeksining 96-moddasiga asosan, ota- ona voyaga etmagan bolalariga ta`minot berishi shart. Voyaga etmagan bolalariga ta`minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug`iga asosan aliment undiriladi. Shunga ko`ra, fuqaro nevaralarining ta`minoti bilan otasi shug`ullanmayotganligi tasdiqlangan taqdirda, bolalarning yashash joyi bo`yicha vasiylik va homiylik organiga (yashash joyingiz bo`yicha tuman (shahar) Xalq ta`limi bo`limiga) ularning ahvoli to`g`risida xabar berishi hamda ushbu organ orqali sud tartibida nevaralariga aliment undirish huquqiga ega. Bolaning ota-onasi bo`lmaganda yoki ular ota- onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta`minlanadi. Bola- ning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta`lim berish bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste`mol qilganda bola o`z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi so`rab, vasiylik va homiylik organiga, 14 yoshga to`lgandan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega. Voyaga etmagan bolalarning vasiylari bolalar uchun ijtimoiy yordam so`rab fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlariga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Ularning ijtimoiy yordamga muhtojligi yoki muhtoj emasligi fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan ko`rib chiqilib, qaysi turdagi ijtimoiy yordam ajratilishini ushbu organlarning o`zlari belgilaydi.


Sardorbek RAHMONQULOV

Комментарии