42

Vasiyatnoma tuzilganini qaerdan bilish mumkin?

Savol-javob 04.10.2019, 15:08
252
Vasiyatnoma tuzilganini qaerdan bilish mumkin?

— Ammam yolg`iz, o`z uyini menga qoldirish to`g`risidagi vasiyatnoma tuzgan-tuzmaganligini qaerdan bilishim mumkin?

F. Rizaeva, Andijon viloyati, Andijon tumani

Gulnoraxon ASRANOVA, Fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudining sudyasi:
— Meros qoldiruvchining roziligisiz vasiyatnoma mazmuni bilan tanishish mumkin emas. Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga ko`ra vasiyatnoma sir saqlanadi. Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs, shuningdek, vasiyat qiluvchining o`rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaro meros ochilguniga qadar vasiyatnoma mazmuni- ga, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o`zgartirilishiga daxldor ma`lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Siz bu borada faqat meros ochilganidan keyin meros ochilgan joydagi notariusga murojaat qilishingiz mumkin. Meros fuqaroning o`limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan, deb e`lon qilgach ochiladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Комментарии