my5
Sevimli

Huquqlari muntazam ravishda poymol etilayotgan fuqaro murojaatiga mas`ullar qanday javob berdi?

Savol-javob 03.02.2020, 18:26
Huquqlari muntazam ravishda poymol etilayotgan fuqaro murojaatiga mas`ullar qanday javob berdi?

— 2014 yil opam o`z nomiga o`sha vaqtdagi MFY raisi A.Akilov tomonidan 5000 dollarga bir xonali uy sotib olgan. Barcha xarajatlar, hujjatlar to`plash uchun yugur-yugurlarni men amalga oshirganman. Chunkiu uyda bolalarim bilan yashash niyatida edim. Lekin bir ayol uyning egasi bo`lib chiqib qoldi. Sudlarning ajrimi bo`yicha ikki nafar voyaga etmagan bolalarim bilan yashab turgan xonadon o`sha ayolga berildi. 2019 yil 24 sentyabrda JIB Ohangaron shahar sudida sud bo`lib o`tdi. “Javobgarlikka tortish muddati o`tdi”, deya A.Akilovni javobgarlikdan ozod etdi. Oliy sudga shikoyat arizasi, apellyasiya va kassasiya ariza bilan shikoyat qilishga haqliman. Lekin huquqlarim muntazam ravishda poymol etilyapti. Natijada ikki nafar bolambilan ko`chada, uysiz qoldim...

M.Turabboeva, Toshkent viloyati Ohangaron tumani

       

“AVVALO IMZO, SO`NG BOJ VA POChTA TO`LOV PATTASI HAMDA ASOSLI ILTIMOSNOMA BO`LSIN”

Navro`z RAXMANOV, Oliy sud sudyasi:

— Aniqlanishicha, FIB Toshkent viloyat sudi kassasiya instan- siyasining  2018 yil22 iyundagi ajrimi bilan Bekobod tumanlararo sudining 2018 yil 18 yanvardagi hal qiluv qarori qisman bekor qilindi. Da`vogar A.Aymetdinovaning sizni oila-a`zolaringiz bilan Ohangaron tumani, “Umid” MFY, 2-daha 1-uydagi xonadondan majburiy tartibda ko`chirib chiqarish va foydalanish huquqlarini yo`qotgan, deb topish haqidagi da`vo talablari qanoatlantirilgan.

FPKning 373, 422-moddalariga ko`ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat keltirishga haqli. Shuningdek, ushbu Kodeksning 427-moddasiga ko`ra, nazorat tartibidagi shikoyatga davlat boji va pochta harajatlari to`langanini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi talab etiladi.

Ushbu tartibga rioya etilgan holda berilgan shikoyatlar tegishlicha nazorat tartibida mazmunan ko`rib chiqiladi. Ammo sizning Oliy sudga kiritgan nazorat tartibidagi shikoyat arizangiz imzolanmagan. Bundan tashqari, sud qarorlari ustidan shikoyat keltirish uchun belgilangan bir yillik muddatni ham o`tkazib yuborgansiz.

Shu bois, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari haqida”gi 1-bandiga muvofiq davlat boji va pochta xarajatlarini to`lab, to`lov pattasini asl nusxasini ilova qilgan holda hamda shikoyat keltirish uchun belgilangan muddatni uzrli deb hisoblashga asosli iltimosnoma bilan birga Oliy sudga nazorat tartibida murojaat qilish huquqiga egasiz 

Sadoqat ALLABERGANOVA

Шарҳлар