AsosiySavol-javob

Qamalganlarning yaqinlari nafaqasini olish huquqiga egami?

'Qamalganlarning yaqinlari nafaqasini olish huquqiga egami?'ning rasmi

— Otam 2 yil oldin qamalgan. Otam nafaqa olar edi. Yaqinlaridan kimdir nafaqasini olish huquqiga egami?

J. Po`latov, Toshkent viloyati Angren shahri

Farrux SULAYMONOV, Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 62-moddasiga asosan, pensioner ozodlikdan mahrum qilingan taqdirda tayinlangan pensiya­ni to`lash ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun to`xtatib qo`yiladi. Manzil-koloniyalarda jazoni o`tayotgan shaxslar bundan mustasno. 

Manzil-koloniyalarda jazoni o`tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to`lash manzil-koloniya joylashgan erdagi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqalariga o`tkazish orqali amalga oshiriladi.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar