1

Xitoyda o`lim jazosini qo`llashga sabab bo`luvchi pora miqdori belgilandi

Dunyo 18.04.2016, 17:04
Teglar: Jazo
Xitoyda o`lim jazosini qo`llashga sabab bo`luvchi pora miqdori belgilandi

Xitoy xalq oliy sudi va xalq oliy prokuraturasi poraxo`rlarga nisbatan o`lim jazosini qo`llash bo`yicha qonunga o`zgartirish kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda

Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, endilikda 460 ming AQSh dollari va undan ko`proq miqdordagi pulni pora sifatida olgan yoxud o`zlashtirgan shaxslarga nisbatan o`lim jazosi qo`llaniladi.

Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin hukumatga kelgan 2012 yildan boshlab,mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash keng ko`lamda amalga oshirila boshladi.

Rasmiy statistika ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning yanvar oyida mamlakatda pora olgan 5459 nafar mansabdor shaxslar jazoga tortilgan. O`tgan 2015 yilda esa qariyb 50 ming nafar amaldorlar pora olgan va berganligi uchun jazolangan.

Xitoy xalq Respublikasida boshqa mamlakatlarga nisbatan ko`proq o`lim jazosi qo`llaniladi. Norasmiy ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatda har yili besh mingga yaqin kishi o`lim jazosiga hukm qilinadi. O`lim jazosi mamlakat qonunlarining 46 ta moddasi bo`yicha, asosan noqonuniy narkotik savdosi uchun qo`llaniladi.

Sharhlar

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

16.08.2021, 12:20

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh...
Nohaq ayblangan navbatdagi fuqaroning ham yuzi yorug` bo`ldi

05.02.2020, 12:59

YoXUD YaNA BIR HOLAT BO`YIChA NOTO`G`RI ChIQARILGAN SUD QARORI BEKOR QILINDIJinoyat ishlari bo`yicha Zarafshon shahar sudining 2018 yil 7 iyundagi hukmiga ko`ra, 49 yoshli chilangar...
Jazoni o`tayotgan ayollarga nisbatan bag`rikenglik o`zini oqlaydimi?

01.12.2019, 17:53

Yaqinda ommaviy axborot vositalarida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida o`tkazilgan navbatdagi ochiq sud majlisida jazoni ijro etish muassasasida jazo o`tayotgan 22 nafar ayolning nazorat tartibida bergan...
Milliy gvardiya xodimining qonuniy talabini bajarmaslik va bo`ysunmaslik uchun jazo belgilandi

31.10.2019, 15:49

Shavkat Mirziyoev 29 oktyabr kuni "O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonunga imzo...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1