1

Apple milliardinchi iPhone’ni sotdi

Dunyo 28.07.2016, 12:22
Teglar: Apple, Telefon
Apple milliardinchi iPhone’ni sotdi

Apple ijrochi direktori Tim Kuk korporasiya hisob bo`yicha milliardinchi iPhone sotganini ma`lum qildi. Kuk bu haqda Kupertinoda (AQSh, Kaliforniya shtati) kompaniya xodimlari bilan uchrashuv paytida e`lon qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

“Biz navbatdagi bosqichni bosib o`tdik”, — deydi Kuk. U Apple hech qachon hammadan ko`p daromad olishni maqsad qilmaganini aytdi. “Biz dunyoni o`zgartiradigan mahsulot ishlab chiqarishga urunganmiz”, deb aytdi Kuk. Har kuni kompaniyaga mehnati singayotgan korporasiya xodimlariga Tim Kuk minatdorchilik bildirdi.

iPhone savdosi so`nggi vaqtlarda bozordagi raqobat sababli tushib borayotgandi. Ammo ushbu gadjet Kukning fikricha, eng omadli mahsulot bo`lib, butun dunyo bozoriga tarix nuqtai nazaridan ham ta`sir ko`rsatdi.

Sharhlar

Dunyoning 2021 yildagi eng qimmat kompaniyalari reytingi e`lon qilindi

04.01.2022, 22:03

Amerika IT-konsernlari 2021 yil yakunlariga ko`ra, dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingini e`lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Unga ko`ra, reytingni qariyb 3 trln dollarga...
Apple kompaniyasining daromadi o`tgan yilga nisbatan 29 foizga oshgan

29.10.2021, 22:02

2021 yilning so`nggi choragi yakunlariga ko`ra, Amerikaning “Apple” kompaniyasining daromadi o`tgan yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Bu haqda TASS xabar berdi.Qayd etilishicha, 25 sentyabrda yakunlangan...
O`zbekiston 8 oy ichida xorijdan 236 624 dona mobil telefon import qilgan

26.09.2021, 15:43

O`zbekiston 8 oy ichida xorijdan 236 624 dona mobil telefon import qilgan.Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi.Unga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston xorijdan...
O`zbekistonda 100 ta uy xo`jaligiga 290 mobil telefon to`g`ri kelmoqda

23.09.2021, 11:26

O`zbekistonda 100 ta uy xo`jaligiga 290 mobil telefon to`g`ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar berdi.Unga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust holatiga 100 ta uy xo`jaligiga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1