1

Ukrainada aholiga osh tarqatgan o`zbek raketa zarbasi oqibatida halok bo`ldi

Dunyo 30.07.2022, 19:31
Ukrainada aholiga osh tarqatgan o`zbek raketa zarbasi oqibatida halok bo`ldi

Ukrainaning Chuguev shahrida mahalliy aholiga palov berib yurgan 36 yoshli o`zbekistonlik Sardor Hakimov raketa zarbasi oqibatida halok bo`ldi

"Uni butun Chuguev tanirdi. Hamma Sardor Hakimovning tirik ekanligiga oxirigacha umid qilgan. U doim jilmayib turardi, u juda ijobiy edi", - deydi Xarkov viloyati hokimligi rahbari Oleg Sinegubov.

Mahalliy imom Timur Beridzening aytishicha, Sardor Hakimov otishma paytida erto`lada bo`lib, u erda palov tayyorlashga tayyorgarlik ko`rayotgan edi.

Hakimov, Ukraina matbuotiga ko`ra, 2000 yildan beri Lugansk viloyatining Severodonetsk shahrida istiqomat qiladi. Urushdan keyin, 2014 yilda u Chuguevga ko`chib o`tdi. U erda o`zbek oshxonasi va ziravorlar do`konini ochdi. Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin Hakimov oilasini O`zbekistonga yuborib, Chuguevda qolib, odamlarga yordam beradi.

Sardor Hakimov 25 iyul kuni vayronalar ostidan qutqarilgan Mansur Hakimovning ukasi hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1