1

Afg`onistonning elektr energiyadan qarzdorligi yo`q – O`zbekiston Energetika vazirligi

Iqtisodiyot 01.08.2022, 18:29
Afg`onistonning elektr energiyadan qarzdorligi yo`q –  O`zbekiston Energetika vazirligi

2021 yilda Afg`onistonga 2 151,3 mln kVt.soat elektr energiyasi etkazib berilgan bo`lib, “Da Afghanistan Breshna Sherkat” energetika kompaniyasi tomonidan elektr energiyasi uchun to`lovlar to`liq amalga oshirilgan. Ya`ni, 2021 yil uchun Afg`onistonning elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud emas, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmatiyu

“O`zbekiston milliy elektr tamoqlari” AJ va “Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi o`rtasidagi shartnomaga ko`ra, Afg`onistonga joriy yilda 2 210,0 mln kVt.soat elektr energiyasi etkazib berish belgilangan bo`lib, yanvar-iyun oylarida Afg`onistonning elektr energiyasiga bo`lgan talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda 770,2 mln kVt.soat elektr energiyasi etkazib berildi.

Bugungi kunda etkazib berilgan elektr energiyasi uchun to`lovlarni kompaniya tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.

Yozgi mavsumda Afg`oniston Tojikiston energetika tizimiga ulanishi sababli joriy yil 14 apreldan O`zbekistondan elektr energiyasini qabul qilish to`xtagan.

Ma`lumot uchun: 2002 yildan boshlab O`zbekistondan Afg`onistonga elektr energiyasi etkazib borilmoqda. Daslabki yillarda 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridan texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo`yicha elektr energiyasi etkazib berilgan.

2009 yilda ikkita 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining qurilishi yakunlanib, ishga tushirilganidan so`ng, Afg`onistonga 430 MVtgacha quvvatda elektr energiyasi etkazilib berilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1