1

Chirchiqda uch nafar egizak tug`ildi

Jamiyat 12.08.2022, 11:02
Chirchiqda uch nafar egizak tug`ildi

Joriy yilning 6 avgust kuni Chirchiq shahar “Iftixor” mahallasida yashovchi Sheroz va Gulnora Sharaxmetovlar oilasida bir yo`la uch nafar egizak qiz farzand dunyoga keldi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Toshkent viloyati adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, ota-onasi chaqaloqlarga Mubina, Muslima va Mo`mina deb ism qo`yishdi. Ayni paytda oiladagi bolalar soni 4 nafarga etdi. Bungacha Sharaxmetovlarning bir o`g`li bo`lgan.

Oila vakillari ayni paytda go`daklarning ahvoli yaxshiligini, ona va bolalar hali ham viloyat perinatal markazida shifokorlar nazorati ostida ekanligini ma`lum qilishgan.

11 avgust kuni Chirchiq shahar FHDYo bo`limi tomonidan tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalar egizaklarning otasi Sheroz Sharaxmetovga topshirildi.

Ma`lumot uchun: 2022 yilning 6 avgust kuniga qadar Chirchiq shahrida 2 ming 310 nafar bola dunyoga kelgan bo`lib, shundan 1 ming 206 nafari o`g`il bola, 1 ming 104 nafari esa qiz.  Shu kunga qadar 14 juft egizak tug`ilgan bo`lib, uch egizakning tug`ilishi joriy yilda ikkinchi marotaba qayd etildi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanining “Yangiobod” mahallasida yashovchi M.Jonquvvatova birvarakayiga 3 egizaklarni dunyoga keltirgani xabar qilingan edi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1