1

O`zbekiston paralimpiya terma jamoasi Rio-de-Janeyroga jo`nab ketdi

Jamiyat 30.08.2016, 11:48
Teglar: Sport
O`zbekiston paralimpiya terma jamoasi Rio-de-Janeyroga jo`nab ketdi

30 avgust kuni erta tongda O`zbekiston milliy termasi Rio-de-Janeyroda bo`lib o`tadigan XV Paralimpiya o`yinlarida ishtirok etish uchun Braziliyaga jo`nab ketdi. «Toshkent» xalqaro aeroportida paralimpiyachilarni kuzatishga bag`ishlangan marosim bo`lib o`tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

O`zbekistonning 32 paralimpiyachisi sportning besh turi — dzyudo, engil atletika, suzish, o`q otish va pauerlifting bo`yicha medallar uchun kurash olib boradi. Delegasiya a`zolarining eng katta qismi — 12 nafari engil atletika (nayza otish, yadro uloqtirish va yugurish) bo`yicha ishtirok etadi.

Terma jamoa tarkibidan taniqli atletlar bilan bir qatorda juda yosh, sportda ilk bor katta musobaqalarda ishtirok etayotganlar bor.

«Barcha jamoaning kayfiyati ajoyib darajada, — dedi yadro uloqtirish bo`yicha 2014 yilgi Osiyo o`yinlari chempioni Mavlon Haydarov. — Barchamiz eng yaxshi natijalarni namoyon etish va imkon qadar ko`proq medallarni qo`lga kiritishga tayyormiz. Olimpiyachilarimizning Braziliyadagi g`alabalari ishtiyoqimizni ko`tarishga yordam berdi».

Poytaxt aeroportida paralimpiyachilarni kuzatish uchun ko`plab rasmiy shaxslar: bosh vazir o`rinbosari Majit Karimov, Milliy aviakompaniya bosh direktori Valeriy Tyan, Milliy olimpiya qo`mitasi rahbariyati, sportchilarning qarindosh va yaqinlari tashrif buyurdi.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
Mashhur sport sharhlovchisi Vladimir Safarov vafot etdi

14.07.2021, 17:37

O`zbek futbolining jonkuyar tarixchisi, mashhur sport jurnalisti Vladimir Ashotovich Safarov bugun, 14 iyul kuni 82 yoshida vafot etdi. Vladimir Safarov 1939 yilning 17 yanvarida Toshkent shahrida...
Nigina O`ktamovaga "Nexia 3" avtomobili sovg`a qilindi. U boks bo`yicha jahon chempionligiga erishgan ilk o`zbek qizi

26.04.2021, 17:54

Avvalroq, Polsha mezbonlik qilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina O`ktamova barcha raqibalarini mag`lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo`lib va...
Germaniyaning nufuzli sport saytida o`zbek tadqiqotchisi haqida maqola chop etildi

27.02.2021, 22:07

Germaniyaning nufuzli sport sayti O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining engil atletika ixtisosligi o`qituvchisi va murabbiyi, mustaqil tadqiqotchi Rashid Burnashev haqida maqola chop etdi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1