1

Hokim va vazirlar 5 yildan ortiq bir lavozimda qolmaydi

Jamiyat 12.11.2022, 19:04
Hokim va vazirlar 5 yildan ortiq bir lavozimda qolmaydi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi "Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo`ydi.

Hujjat loyihasiga ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilingan davlat organlari va tashkilotlarida quyidagi tartib joriy etiladi:

  • davlat fuqarolik xizmatchilari majburiy, rejali va rejadan tashqari tartibda rotasiya qilinadi;
  • davlat fuqarolik xizmatchilarini rotasiya qilish bir davlat organi doirasida hamda boshqa davlat organlari o`rtasida amalga oshiriladi;
  • davlat fuqarolik xizmatchisi rotasiya tartibida lavozimga tayinlanganda tanlov o`tkazilmaydi;
  • rotasiya tartibida lavozimga tayinlangan davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar va tegishli kompensasiyalar belgilanadi;
  • Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmatida majburiy ravishda rotasiya qilinishi lozim bo`lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari monitoringini olib boradi.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 2023 yil 1 aprelga qadar «Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahliliy tizimi» dasturiy-apparat kompleksi tarkibidagi «hrm.argos.uz» avtomatlashtirilgan axborot tizimida davlat fuqarolik xizmatchilarini rotasiya qilish jarayonini elektron yuritish imkoniyatini yaratadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1