1

Ruslan Nurudinov: “Prezidentimizning duosini olish armon bo`lib qoldi”

Jamiyat 06.09.2016, 14:34
Teglar: Sport, Rio–2016, Islom Karimov
Ruslan Nurudinov: “Prezidentimizning duosini olish armon bo`lib qoldi”

Mustaqilligimiz asoschisi, O`zbekiston Respublikasi Islom Karimov xotirasi xalqimizning qalbida mangu yashaydi. Butun xalqimiz Prezidentimiz vafotidan chuqur qayg`uda, deb yozadi O`zA.

Ruslan Nurudinov, og`ir atletika bo`yicha Osiyo va jahon chempioni, Olimpiya o`yinlari g`olibi: 

– Yurtboshimiz Islom Karimovdek xalqparvar, bolajon, yoshlarni “Mening farzandlarim!” deb bag`riga bosib, cheksiz mehr-muhabbatini namoyon etadigan rahbar kam bo`lsa kerak. 

Men mamlakatimiz mustaqilligi e`lon qilingan 1991 yili tug`ilganman. Mustaqil davlatimiz bilan birga o`sdim, ulg`aydim. Mana shu o`tgan yigirma besh yilda men va men kabi barcha tengdoshlarim Prezidentimizning ulkan mehri va g`amxo`rligi og`ushida voyaga etdik. Nimani niyat qilsak, qalbimizda qanday ezgu maqsad bo`lsa, barchasiga erishayapmiz. Bu mamlakatimizda zamonaviy ta`lim olishimiz, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishimiz, o`z iqtidor va salohiyatimizni namoyon etishimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlar natijasidir. 

Yaqinda Braziliyada o`tgan XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida oltin medalni qo`lga kiritib, Olimpiada rekordini yangiladim. Yurtboshimiz bu yutug`imni yuksak baholab, 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan meni “El-yurt hurmati” ordeniga munosib ko`rdi. 

Shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarilar ekanman, Prezidentimiz ishonchini oqladim, yuzim yorug` bo`ldi, endi Islom bobomiz bilan ko`rishganda, musobaqada dunyoning manaman degan davlat vakillari bilan bellashdim, mening g`alaba qozonishimda Sizning “Marrani baland oling, aziz farzandlarim! O`zbekiston yoshlari hech kimdan kam emas va hech qachon kam bo`lmaydi” degan da`vatingiz katta kuch berdi deyman, duosini olaman, deb niyat qilgandim. Afsuski, armon bo`lib qoldi... 

Yurtboshimizning bu da`vatlari yuragimizdan hech qachon o`chmaydi va bizni yanada yuksak g`alabalar sari ilhomlantiraveradi. Prezidentimiz xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

30.01.2023, 10:48

#30 yanvar_O`zbekistonning_Birinchi_Prezidenti_Islom_Karimov_tug`ilgan_kunBugun, 30 yanvar — O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug`ilgan kun. Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil Samarqand shahrida tavallud topgan va 2016 yil 2...
Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

02.09.2022, 10:26

Islom Abdug`anievich Karimov – O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Birinchi prezident Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni og`ir xastalikdan so`ng 78 yoshida vafot etdi. Ushbu...
Mashhur sport sharhlovchisi Vladimir Safarov vafot etdi

14.07.2021, 17:37

O`zbek futbolining jonkuyar tarixchisi, mashhur sport jurnalisti Vladimir Ashotovich Safarov bugun, 14 iyul kuni 82 yoshida vafot etdi. Vladimir Safarov 1939 yilning 17 yanvarida Toshkent shahrida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1