1

Internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o`yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda

Iqtisodiyot 01.12.2022, 16:35
Internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o`yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda

Internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o`yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda Rasul Kusherbaev xabar bermoqda.

Deputatlar ko`rib chiqayotgan qonun loyihasiga ko`ra, Jinoyat kodeksida quyidagilar ko`zda tutilmoqda:

  •  Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish, o`tkazish yoki ularda ishtirok etish uchun telekommunikasiya tarmoqlari yoxud Internet jahon axborot tarmog`i orqali xizmatlar ko`rsatish, tegishli dasturiy ta`minotdan nusxa ko`paytirish, uni ko`paytirish, tarqatish  BHMning ellik baravaridan etmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;

 

  • qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni targ`ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish maqsadida tayyorlash yoki O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni targ`ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog`ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, BHMning to`rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.  

 

Shuningdek, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilayotgan qo`shimchalarga ko`ra:

  •   qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni targ`ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish maqsadida tayyorlash yoki O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni targ`ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog`ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish  qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni targ`ib qiluvchi mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga BHMning yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa – ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.  

 

Ma`lumot uchun: ushbu o`yinlar, ayniqsa, “onlayn” qimor bilan bog`liq jinoyatlar 2019 yilda 55 ta, 2020 yilda 86 ta, 2021 yilda 103 ta, 2022 yilning 6 oyida 90 tani tashkil etgan. Mutaxassislarning bildirishicha, bunday o`yinlar insonda qaramlikni vujudga keltirib, katta miqdordagi pul mablag`lari sarflashiga va ayrim fuqarolarning o`z joniga qasd qilish, firibgarlik, byudjet mablag`larni talon-toroj qilish kabi harkatlar sodir etilishiga sabab bo`lmoqda.

 "Onlayn qimor"da yutqazganligi sababli 2021 yilda 6 nafar va 2022 yilning 6 oyida 6 nafar fuqaro o`z joniga qasd qilib, vafot etgan. Ularning barchasi 25 yoshgacha bo`lgan yoshlardir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1