1

⚡️ Rasmiy axborot: Norin daryosining dambasi mustahkamlanmoqda, suvi kamaytirildi

Jamiyat 27.01.2023, 10:26
Teglar: Fvv, Norin
⚡️ Rasmiy axborot: Norin daryosining dambasi mustahkamlanmoqda, suvi kamaytirildi

Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda Norin daryosini to`sib turadigan damba qulagani va qirg`og`i emirilayotgani aytilgan edi. 

Shundan so`ng, FVV vaziyatni nazoratga olganini ma`lum qildi. Ayni paytda holat bo`yicha Namangan viloyati hokimligi rasmiy axborot e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 27 yanvar kuni Namangan viloyatining Norin daryosi qirg`oqlarida muhofaza dambasini mustahkamlash ishlari davom ettirilmoqda. Hozirda Norin daryosi suvi sezilarli darajada kamaytirilgan va bu joyda Favqulodda vaziyatlar tezkor shtabi o`z ishini davom ettirmoqda.

Norin tumanidan oqib o`tuvchi Norin daryosining chap qirg`og`ini emirilishi oqibatlarini bartaraf etish jarayonlariga maxsus texnikalar jalb etildi. Dambani mustahkamlash uchun zarur barcha vositalar etkazib berildi.

Jarayon to`liq nazoratga olingan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari jalb qilingan, hozirda maxsus texnikalar va soha mutaxassislari bilan birgalikda dambani mustahkamlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Suvda oqib ketayotgan bir bolani qutqarish uchun ikki qutqaruvchining cho`kib ketgani hodisasiga FVV oydinlik kiritdi (video)

12.07.2022, 11:59

Ijtimoiy tarmoqlarda “Taqiqlangan joyda cho`milgan bolalarni qutqaramiz deb qutqaruvchilarni o`zi cho`kib ketdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.  Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ushbu hodisa o`rganildi, deya xabar...
FVV qor ko`chish xavfidan ogohlantirdi

28.01.2022, 09:05

Favqulodda vaziyatlar vazirligi O`zbekiston Respublikasining tog`li hududlarda qor ko`chish xavfini e`lon qildi.Ma`lumot uchun, holat 2022 yilning 28 yanvar kunidan 31 yanvar kunigacha davom etishi mumkin.Shuningdek,...
FVV Chimyonda qor ko`chish xavfidan ogohlantirmoqda

03.01.2022, 16:28

FVV ma`lumotiga ko`ra, 2022 yil 3 yanvar soat 08:00dan 4 yanvar soat 08:00gacha Chimyon hududida qor ko`chkisi xavfi e`lon qilindi.«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko`rishingizni va...
Shu kunga qadar 151 nafar fuqarolar cho`kish oqibatida vafot etgan. Ularning qariyb 42 foizi voyaga etmaganlar

14.08.2021, 16:45

Shu kunga qadar 151 nafar fuqarolar cho`kish oqibatida vafot etgan, ularning qariyb 42 foizi voyaga etmaganlar. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda  Favqulodda vaziyatlar vazirligi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1