1

Samarqandda 18 yoshli talaba qiz o`zini ko`prikdan daryoga tashlab, halok bo`ldi (video)

Jinoyat 11.03.2023, 09:28
Samarqandda 18 yoshli talaba qiz o`zini ko`prikdan daryoga tashlab, halok bo`ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi ko`prikdan bir qiz o`zini suvga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, kecha, 10 mart kuni soat 21:25 larda Oqdaryo tumani "O`zbekiston"  mahallasida yashagan 18 yoshli qiz D.O. (oliy ta`lim muassasasi talabasi) Oqdaryo tumani va Samarqand tumanini bog`lab turuvchi Qoradaryo ko`prigidan o`zini suvga tashlab joniga qasd qilgan.  

Marhumaning o`lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmokda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1