Bangladeshdagi tug`ruqxonalardan birida tashqi ko`rinishi 80 yoshli cholni eslatuvchi chaqaloq tug`ildi, deb xabar beradi “Vesti”.
Mazkur holat barchani hayratga soldi. Chaqaloqning yuz qismi ajinlar bilan qoplangan, ko`zlari osilib qolgan, tanasi esa qurishgan. Shifokorlar unga "progeriya" tashxisini qo`ydi. Bu juda kam uchraydigan kasallik bo`lib, u organizmning barvaqt qarishi bilan kechadi.
Chaqaloqning ota-onasi o`g`il farzand ko`rishganidan mamnun va ularni farzandlarining tashqi ko`rinishi xavotirga solmayapti.
Bolaning otasi u farzandini qanday bo`lsa shundayligicha qabul qilishini ta`kidladi. Hozirgi kunda ularnikiga har kuni o`nlab odamlar chaqaloqni ko`rish uchun kelmoqda.
Shifokorlar ayni damda bolaning hayotiga hech narsa xavf solmayotganini ma`lum qildi. Biroq uning keyingi hayoti qanday kechishi haqida hech narsa aytilmayapti.
Avvalroq Xitoyda ko`zsiz chaqaloq tug`ilgani haqida xabar berilgan edi.
10.05.2024, 15:34
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...04.11.2023, 12:37
Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...24.01.2023, 10:05
Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...01.01.2022, 21:48
2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug`ilgan go`daklarning 732 nafari o`g`il...