1

Toshkentdagi 91-maktabda trenddagi qo`shiqqa video olgan direktor va o`rinbosarlar ogohlantirildi (video)

Jamiyat 14.03.2023, 13:50
Teglar: Video, 91-maktab
Toshkentdagi 91-maktabda trenddagi qo`shiqqa video olgan direktor va o`rinbosarlar ogohlantirildi (video)

Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda direktor va uning o`rinbosarlari mashhur "Za dengi da" qo`shig`iga qalbaki dollar sochgan holda olgan hazilomuz videosi tarqaldi. 

Holat yuzasidan Yakkasaroy tuman hokimligi munosabat bildirdi.  

Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan tuman xalq ta`limi bo`limi mudiri tomonidan 91-maktab direktori va uning o`rinbosarlari bilan suhbat uyushtirildi.

Mazkur holat 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan hazilomuz tariqasida olingan va maktab o`qituvchilari tomonidan bayram munosabati bilan maktab o`qituvchilariga namoyish qilinganligi aniqlandi.

"Maktab direktori va o`rinbosarlariga holat bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilib bu kabi holatlar boshqa qaytarilmasligi bo`yicha jiddiy ogohlantirish berib o`tilganligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1