1

Tursunoy Jabborova dast ko`tarishdagi 119 kgdan keyin musobaqani oxirigacha yakunlay olmadi

Sport 10.04.2024, 22:00
Tursunoy Jabborova dast ko`tarishdagi 119 kgdan keyin musobaqani oxirigacha yakunlay olmadi

Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Tailandning Pxuket shahrida o`tayotgan Jahon kubogida dastlabki medallarini qo`lga kiritdi. Bu haqda Sport vazirligi xabar qilmoqda.

Bugun erkaklar o`rtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Akbar Jo`raev va Sharofiddin Amriddinov kun qahramoniga aylanishdi.

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Jo`raev dast ko`tarishda 189 kg, siltab ko`tarishda 227 kg va ikki kurash bo`yicha 416 kg bilan 3 ta oltin medalni qo`lga kiritdi. Dast ko`tarishda 170 kg qayd etgan Amriddinov ushbu dasturda bronza medaliga ega chiqdi. Uning siltab ko`tarishdagi 208 kg va ikki kurashdagi 378 kg natijalari ushbu yo`nalishlarda medallar uchun kamlik qildi.

Afsuski, ayollar o`rtasida +87 kg vazn toifasida qatnashgan Tursunoy Jabborova dast ko`tarishdagi 119 kgdan keyin musobaqani oxirigacha yakunlay olmadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1