1

Hasanboy Do`smatov kechagi g`alabasidan qancha pul ishlab oldi?

Sport 15.04.2024, 22:43
Hasanboy Do`smatov kechagi g`alabasidan qancha pul ishlab oldi?

Eng engil vazn toifasida o`zbekistonlik bokschi Hasanboy Do`smatov Toshkentda o`tkazilgan "IBA Chempionlar oqshomi"ning markaziy jangida ringga chiqqan edi.

Musobaqaning markaziy jangida ishtirok etgan Do`smatovga turnirda Ispaniya vakili Samuel Karmona raqiblik qildi.

IBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda ochkolar hisobiga ko`ra zafar quchgan Do`smatov ushbu jang orqali avval e`lon qilinganidek, 350 ming AQSh dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarga ega chiqdi.

Agar hamyurtimiz raqibini 5-raundga qadar nokautga uchratganida, IBA prezidenti Umar Kremlyovning maxsus sovg`asi - "Gelendvagen" avtomobiliga ham ega chiqishi mumkin edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1