1

Dubayni ham suv bosdi (video)

Dunyo 16.04.2024, 22:23
Dubayni ham suv bosdi (video)

Dubayda kuchli yomg`ir yog`ib, shaharni suv bosishiga olib keldi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda.

“Dubayda kuchli yomg`ir yog`di”, deyiladi maqolada. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi mahalliy aholini ob-havo sharoiti tufayli uyda qolishga chaqirgan.

Ba`zi yo`llar suv toshqini tufayli yopilgan va Dubay aeroportida 17 ta reys boshqa yo`naltirilgan yoki kechiktirilgan. Onpassiv metro bekati suv ostida qoldi. BAA futbol assosiasiyasi 16 aprelga belgilangan barcha o`yinlar bekor qilinishini e`lon qildi. Metro va savdo do`konlari ham suv bilan to`lgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1