1

Yangihayot tumanida "uchastkovoy" pichoqlangan

Jinoyat 17.04.2024, 16:17
Yangihayot tumanida "uchastkovoy" pichoqlangan

Toshkentning Yangihayot tumanida "uchastkovоy" pichoqlanganligi haqida xabar tarqalgandi. Xolat bo`yicha Xayot Shamsutdinov izoh berdi. 

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida "uchastkovy" pichoqlanganligi haqida xabar tarqalgandi. 

Aniqlanishicha, 14 aprel kuni Yangihayot tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari bir xonadonda janjal bo`layotganligi haqidagi xabarga aniqlik kiritish maqsadida etib kelishgan. 

Shu payt, xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko`rsatib, profilaktika inspektorlarining biriga ko`krak qafasiga oshxona pichog`i bilan bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan. 

Tan jarohati olgan profilaktika inspektori shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam ko`rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105 (Qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1