1

Qozog`istonga ishlash uchun borayotgan o`zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat 24.04.2024, 15:11
Qozog`istonga ishlash uchun borayotgan o`zbekistonliklar ogohlantirildi

So`nggi vaqtlarda ishlash uchun Qozog`istonga borgan yoki ushbu davlatda ishlayotgan O`zbekiston fuqarolariga o`zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Migrasiya agentligi xabar qildi.

“Yurtdoshlarimizdan bunday firibgarlarga ishonmaslik va pasportni notanish insonlarga bermaslik so`raladi”,- deyiladi xabarda.

Ma`lumot o`rnida, ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun fuqaro shaxsan Aholiga xizmat ko`rsatish markazlariga (SON) murojaat etishi zarur.
Shuningdek, o`zini “diplomatik vakolatxona xodimiman” deb tanishtirgan shaxslarga duch kelganda quyidagi raqamlarga murojaat qilish so`ralmoqda:

O`zbekistonning Qozog`istondagi diplomatik vakolatxonalari (Ostona shahrida: +8 (7172) 95-45-87, Olmaota shahrida: +8 (727) 390-26-16, Aqtau shahrida: +8 (729) 277-71-17)

Qozog`iston Bosh prokuraturasi: 115;
Qozog`iston polisiyasi: 102.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1