1

Haydovchilarga Toshkent shahrida harakatlanmaslik tavsiya qilinmoqda

Jamiyat 25.05.2024, 19:35
Haydovchilarga Toshkent shahrida harakatlanmaslik tavsiya qilinmoqda

Yo`llar yopilishiga 26-27 may kunlari Toshkent shahrida keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar o`tkazilishi sabab bo`ladi. Bu haqda IIV YHXX xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 26-27 may kunlari Toshkent shahrida keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar o`tkazilishi hamda ayrim ko`chalarda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari davom etayotganligi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. 

Ayrim ko`chalarda transport vositalarining harakatini cheklash bo`yicha zaruriy choralar ko`riladi. Shu vaqtda haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo`l belgilari hamda chiziqlarning talablariga qat`iy rioya etishlari, zarurat bo`lmaganda haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslik tavsiya qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1