1

Samarqandda kuyov qaynotasi va qaynonasini pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 14.06.2024, 15:08
Samarqandda kuyov qaynotasi va qaynonasini pichoqlab o`ldirdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida joriy yil 10 iyun kuni soat 12:00 atrofida 1988 yilda tug`ilgan M.J. (erkak) qaynotasi R.J.ning yashash uyiga kelib, turmush o`rtog`i Z.A. bilan oilaviy kelishmovchiligi natijasida kelib chiqqan janjal davomida qaynotasi va qaynonasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga xabar berdi.

Unga ko`ra, erkak yashash uyi mehmonxonasida dastlab qaynonasi J.N.ga, so`ng qaynotasi J.R.ga oshxona pichog`i bilan ko`plab kesuvchi va sanchib, kiruvchi jarohatlar etkazgan. Olgan og`ir tan jarohatlari oqibatida N.J. va R.J. voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi "a", "j" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Jinoyat ishi bo`yicha J.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta`minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1