Belgrad shahrida sobiq styuardessa Vesna Vulovich vafot etdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Vesna Vulovich 1972 yilning yanvar oyida Germaniyaning Xermsdorf shahrida ro`y bergan aviahalokatda tirik qolgan styuardessa 67 yoshda vafot etdi.
Ayolning qo`ng`irog`iga javob bermaganidan xavotirlangan do`stlari polisiyadan uning uyini tekshirishni iltimos qildi. Polisiyachilar sobiq styuardessaning jasadini 23 dekabr kuni vannadan topishdi. Aniqlanishicha, u bundan bir necha kun ilgari vafot etgan. Hozircha ayolning o`limi sababi aniqlanmagan.
Vesna Vulovich bundan 44 yil ilgari ro`y bergan aviahalokatda samolyot bortidagi 28 odamdan tirik qolgan yagona insondir. Samolyotga bomba qo`yilgani tufayli u havoda portlab ketgan. Vesna Vulovich parashyutsiz 10160 metr balandlikdan qulab, tirik qoldi va dunyo rekordini o`rnatdi. Aviahalokat oqibatida ayolning bir qancha joylari sinib, og`ir tan jarohati olgan. Uning tuzalishi uchun 16 oy vaqt ketib, tanasining pastki qismi falajlanib qolgan.
1985 yilda, aviahalokatdan keyin 13 yil o`tgach, Vesna Vulovichning nomi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
08.05.2024, 10:48
Dehli-Chikago yo`nalishida AI-127 reysini amalga oshirayotgan “ Air India” aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi. Favqulodda qo`nishga yo`lovchilardan birining sog`lig`i yomonlashgani sabab bo`lgan. Samolyotda...12.12.2022, 09:51
Noqulay ob-havo Qarshi aeroporti faoliyatini vaqtincha cheklab qo`ydi, deya xabar bermoqda "Uzbekistan Airports"Ma`lum qilinishicha, ko`rish chegarasining pasayishi, tuman va kuchli shamol "Azimut" aviakompaniyasi reysini Samarqanddagi...24.09.2022, 10:47
O`zbekistonda turizm salohiyatini oshirish, yangi barpo etilgan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to`laqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida 2022 yil 1 oktyabrdan Samarqand...22.06.2022, 11:42
Dominikanning Red Air aviakompaniyasining samolyoti Mayami xalqaro aeroportiga (AQShning Florida shtati) qo`nganidan so`ng yonib ketdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, samolyot seshanba kuni mahalliy...