1

​Zabaykalyalik qiz Moskvaga borish uchun dugonasini tunadi

Dunyo 19.04.2017, 16:05
Teglar: Rossiya, Jinoyat, Qiz
​Zabaykalyalik qiz Moskvaga borish uchun dugonasini tunadi

Zabaykalyalik qiz Moskva shahriga borib, aylanib kelish uchun dugonasini tunadi, deb xabar berdi Moslenta.ru nashri.

Jinoyatchi qiz qo`lga olindi. Voqea fevral oyida sodir bo`lgan bo`lsa-da, bu haqda 19 aprel kuni ma`lum bo`ldi.

Shilkin tuman polisiya bo`limga 18 yoshli qiz ariza bilan murojaat qilib, pasporti, bank kartasi va omonat kassa daftarchasi yo`qolganligini ma`lum qildi. Keyinchalik omonat kassa daftarchasidan 72 ming rubl echib olingani aniqlandi.

Tezkor-tergov ishlari natijasida o`g`rilikni qizning dugonasi sodir etgani ma`lum bo`ldi. Pulni echib olgan qiz zudlik bilan Moskva shahriga jo`nagan.

U Moskva vokzallaridan birida, poezddan tushgan paytda qo`lga olindi. Qiz o`z aybiga iqror bo`ldi. Unga nisbatan “O`g`irlik” jinoyati bo`yicha ayb e`lon qilindi, qizga besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.

Sharhlar

Rossiyada o`zbekistonlik erkak qo`lga olindi

20.05.2024, 14:58

Rossiyada voyaga etmagan bolalarga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlar qilgan 33 yoshli O`zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo`mitasining Krasnoyarsk o`lkasi va Xakasiya...
Turkmanistonliklarga O`zbekiston orqali Rossiyaga borish taqiqlanmoqda

15.05.2024, 13:53

O`zbekiston orqali Rossiyaga ketayotgan Turkmaniston fuqarolari “Toshhovuz” nazorat-o`tkazish punktidan hech qanday sabablarsiz orqaga qaytarilmoqda. Bu haqda “Turkmen news” xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Turkmaniston fuqarolarini turkman chegarachilari...
Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

02.05.2024, 15:35

AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1