1

​Londondagi terakt javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi

Dunyo 05.06.2017, 11:44
Teglar: Islom davlati, Terakt, ​London
​Londondagi terakt javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi

Londonda sodir etilgan, 7 kishi halok bo`lgan va 48 kishi tan jarohati olgan terakt javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi, deb xabar berdi Kommersant.ru nashri.

Eslatib o`tamiz, yakshanbaga o`tar kechasi London shahrida ikki marotaba terakt sodir bo`lgan edi. London ko`prigi va Boro tumanidagi bozorda mikroavtobus piyodalarni bosib ketdi, pichoq bilan qurollangan erkak esa yo`lovchilarga hujum qildi. Terakt oqibatida etti kishi halok bo`ldi, o`ndan ortiq odam yaralandi.

Mazkur terakt Buyuk Britaniyada so`nggi uch oy mobaynida sodir bo`lgan uchinchi teraktdir. Bundan roppa-rosa ikki hafta ilgari Manchester shahar stadionida sodir bo`lgan teraktda 22 kishi, mart oyida Britaniya parlamenti oldidagi hujumda 12 kishi halok bo`lgan edi.

Sharhlar

Istanbul markazidagi teraktni sodir etgan shaxs hibsga olindi, u ayol kishi

14.11.2022, 09:28

Turkiyaning Istanbul shahri markazidagi Istiqlol ko`chasida uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchini qo`lga olindi, deya xabar bermoqda “Anadolu”ga tayanib "interfax".Ma`lum qilinishicha, ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yakshanba kuni...
«Menga umr bergan Ollohning ko`rsatmalariga amal qilaman»: ikki yil oldin Nyu-Yorkda terakt sodir etgan Sayfulla Soipov sud oldida javob berdi

19.11.2019, 15:28

2017 yilning 31 oktyabr kuni Nyu-Yorkda yuk mashinasi Manxetten hududining janubi-g`arbiy qismidagi velosiped yo`liga chiqib, 8 kishining umriga zomin bo`lgan, yana 12 kishi jarohat olgan.18...
​LONDONDA MAShINA 11 KIShINI URIB KETDI

08.10.2017, 12:32

Shanba kuni Londonda yuz bergan avariyada 11 kishi jabrlandi, ulardan 9 nafari kasalxonaga yotkizildi. Ma`lum bo`lishicha, jabrlanganlarning oyoqlari va boshlariga zarar etgan. YTH London g`arbida,...
LONDON METROSIDA TERAKT SODIR BO`LDI

15.09.2017, 14:45

London metrosining Parsons-grin bekatida portlash yuz berdi, jabrlanganlar bor, deya xabar beradi The Sun nashri.Bir necha kishi kuyish jarohatini oldi. Polisiya hodisani terakt deb baholadi.Xabarlarga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1